
Lamin Yamal “Barsa”ni xavotirga solib qo‘ydi
“Barselona” Ispaniya chempionatining navbatdagi turida Robert Levandovskining yagona goli evaziga “Xetafe”dan ustun keldi.
Xans-Diter Flik boshqarayotgan jamoa La Ligada ketma-ket ettita uchrashuvda g‘alaba qozonib, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Footmercato va COPE kabi nashrlarning ma’lum qilishicha, “Barselona” etakchilaridan Lamin Yamal stadionni oqsagan holda tark etgan. Klub mutasaddilari 17 yoshli futbolchi jarohat olganidan xavodirda.
Manbaga ko‘ra, Lamin o‘yinda oyog‘idan zarba egan va og‘riq his qilmoqda.
Klub tibbiyot xizmati vakillari tez orada Yamalni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va shundan so‘ng uning ahvoliga baho beriladi.
Yamal Ispaniya chempionatining ettita turida ham ishtirok etib, o‘z hisobiga uchta gol va beshta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar