Lamin Yamal Jahon chempionatlari tarixidagi eng yosh to‘purarlardan biriga aylandi

  • 22.06.2026 23:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal Jahon chempionatlari tarixida hisobni ochgan eng yosh futbolchilardan biri sifatida qayd etildi.

18 yosh va 343 kunlik Yamal 2026 yildgi Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida Saudiya Arabistoni darvozasini ishgʻol qildi. U uchrashuvning 10-daqiqasida hisobni ochib berdi.

Bu koʻrsatkich boʻyicha ispaniyalik futbolchidan faqat afsonaviy Pele ustun turadi. Braziliyalik hujumchi 1958 yildgi mundialda Uelsga qarshi bahsda 17 yosh va 241 kunligida gol urgan edi.

Jahon chempionatlari tarixida hisobni ochgan eng yosh futbolchilar roʻyxati:

1. Pele (Braziliya) — 17 yosh 241 kun (1958 yil, Uelsga qarshi)

2. Lamin Yamal (Ispaniya) — 18 yosh 343 kun (2026 yil, Saudiya Arabistoniga qarshi)

3. Divok Origi (Belgiya) — 19 yosh 65 kun (2014 yil, Rossiyaga qarshi)

4. Martin Hoffmann (Germaniya) — 19 yosh 88 kun (1974 yil, Chiliga qarshi)

5. Jud Bellingem (Angliya) — 19 yosh 145 kun (2022 yil, Eronga qarshi)

6. Kilian Mbappe (Fransiya) — 19 yosh 183 kun (2018 yil, Peruga qarshi)

Shu tariqa, Yamal Jahon chempionatlari tarixida hisobni ochgan ikkinchi eng yosh futbolchi sifatida oʻz nomini tarixga muhrlab qoʻydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!