“Lans” Husanovning joyini ko‘rsatdi!

  • 11 avgust, 2023, 08:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘tgan mavsumda PSJdan bir ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rin bilan cheklangan “Lans” yangi mavsumda chempionlik uchun kurashmoqchi. Bosh murabbiy Frank Xeyz shogirdlarini Parij superklubi bilan yuzma-yuz raqobatga tayyorladi.

166595

“Lans” murabbiylar shtabi 2023-2024 yilgi mavsumda asosiy tarkibga qabul qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Lansliklar Frantsiya chempionati, mamlakat kubogi va Evrop Chempionlar ligasida yuqori maqsadlar uchun kurashadi.

Darvozabonlar:

29 yoshli Bris Samba “Lans”ga kelganidan bir yil o‘tib, asosiy darvozabon maqomini oldi. Samba yangi mavsumda ham darvozani o‘zi qo‘riqlaydi. Uning o‘rinbosari sifatida Jan-Lui Reka, Yannik Pandor qayd etilgan. Vuilker Farines esa, hali og‘ir jarohatdan qutilgani yo‘q.

Himoyachilar:

Italiya chempioni – “Napoli” safiga ko‘chib o‘tmagan Kevin Danso “Lans” bilan shartnomasini uzaytirdi va kelasi mavsum ham jamoasiga yordam berishga tayyor. U bilan bir qatorda Fakundo Medina va Jonata Gradit himoya uchligi sifatida o‘ynaydi. Universal Massadio Xaydara va chap qanot himoyachisi Deyver Machado ham o‘zaro almashib o‘ynashi kutilmoqda.

O‘ng tomonda Frank Xeyz Pshemislav Frankovskiga tayanishi mumkin.

Ko‘pchilikni yangi himoyachi – Abduqodir Husanov qiziqtirmoqda. 19 yoshli futbolchining salohiyati Frank Xeyz tomonidan yuqori baholandi. Murabbiylar shtabi hamyurtimizni asosiy tarkib o‘yinchilari qatorga qo‘shdi va musobaqalarda uning xizmatidan foydalanadi.

saison20232024_20230725_entrainement_pros_rclens_41_khusanov

Himoyachilar tarkibida shuningdek, Jyulen le Kardinal, Stiven Fortes va Jimmi Kabo bor.

Yarim himoyachilar:

Keying mavsumlarda “Lans”ning asosiy figurasi bo‘lgan Seko Fofana klubni tark etgan. Murabbiylar shtabi uning vazifalarini Endi Diufga yuklamoqchi. Unga maydon markazini ushlashda Salis Abdul Samed yordam beradi. Steyn Spirings va Nil Al-Aynaui ham yangi mavsumda asosiy rollarda bo‘ladi.

“Lans” o‘tgan yili ijara asosida o‘ynab, mavsum tugashi bilan “Nitstsa”ga qaytgan Aleks Klod-Moris o‘rnini bosishga qodir pleymeyker topa olmadi. Endi rahbariyat David Pereyra da Koshta avvalgi darajasiga ko‘tarilishiga umid qilmoqda.

Anjelo Fuljini, Adrien Tomasson, Lukash Poreba, Mamadu Kamara, Nolan Bonte,  asosan zaxiralari o‘yinchilari hisoblanadi va o‘zlariga beriladigan imkoniyatdan foydalanib qolishga urinadi.

Hujumchilar:

O‘tgan mavsumdagi Lois Opendaning yo‘qligi anchagacha bilinadi. Klub hali Openda darajasidagi hujumchini transfer qila olgani yo‘q. Hozir holatda  Frank Xeyz Morgan Gilavogiga tayanadi. Hujumkor futbolchilardan Ayanda Sishuba va Oskar Kortes ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Oldingi chiziqdagi asosiy vazifalardan biri “Manchester Yunayted”ga gol urgan Florian Sotokaga yuklanadi.

image_4

Shuningdek, hujumkor futbolchilardan Uesli Saidning jarohati hali tuzalgani yo‘q. Ibraima Balde zaxiradagi forvard sifatida o‘z vaqtini kutadi.

“Lans” Frantsiya chempionatidagi birinchi uchrashuvini 13 avgust kuni safarda “Brest” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Shomurodovga qanday talab qo‘yildi?

“Shomurodov yaxshi narsalarni gapirib berdi, o‘zim kurashga tayyorman!”

Frantsiyada oson bo‘lmaydi: Abduqodir Husanov eng kam - 19 daqiqa o‘ynadi!

Shomurodov: Messiga hech qanday aloqam yo‘q! (foto)

Legionerimiz o‘ziga joy tanladi!

“Kalyari” etakchi futbolchisi Shomurodov haqida nima dedi?

Shomurodovning ustozi kelajagi haqida hech kim kutmagan muhim gap aytdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!