Mutaxassisning aytishicha, u Husanovni ilk bor jamoaga kelgan davrdayoq kuzatgan va uning salohiyatiga e'tibor qaratgan:
"Biz Abduqodir Husanov bilan ishlay boshlagan edik. U hozir “Manchester Siti”da o‘ynamoqda va u haqiqiy mashina edi. U aqlbovar qilmas darajada kuchli futbolchi", — dedi Vill Still.
Murabbiy klubga kelgan dastlabki davrni eslab, futbolchi haqida ichki shubhalar bo‘lganini ham aytib o‘tdi:
"Iyun oyida klubga kelganimizda, bizga u haqida turli fikrlar aytildi. “U to‘liq ishonitira olmagan, uni ijaraga berish mumkin yoki asta-sekin o‘yin amaliyoti berish kerak”, deyishgan. Klub uni juda arzon summaga — taxminan 200 ming yevroga sotib olgan edi", — dedi u.
Shuningdek, Husanovning Olimpiadaga ketishi va tayyorgarlik jarayoniga ta'siri haqida ham to‘xtaldi:
"U Olimpiadaga ketadi, shuning uchun mavsumoldi tayyorgarlikning bir qismini o‘tkazib yuboradi. Biz unga qarab turdik. U qaytib kelgach, birinchi mashg‘ulotlardagina uning darajasini tushundik", — dedi murabbiy.
Vill Still mashg‘ulot jarayonidagi muhim epizodni ham esladi:
"Pas mashqlarida ba'zi futbolchilar to'pni boshqacha ovoz bilan uzatadi. Husanov to'pni juda kuchli va aniq uzatardi. Men aka-ukalarim bilan birga unga qarab “bizda salohiyatli futbolchi bor ekan” deb o‘ylaganmiz", — dedi u.
Fikrlar