
Laporta “Barselona” haqida katta gapirib qo‘ydi
“Barselona” prezidenti Joan Laporta bu galgi Ispaniya chempionatida uning jamoasi g‘olib chiqishini ta’kidladi.
- Xavi bu galgi chempionatni yutish qiyin bo‘ladi, dedimi? Men har doim Xavining gapiga qo‘shilganman.
O‘zimdan shuni qo‘shimcha qilishim mumkinki, haqiqatan bu qiyin bo‘ladi, lekin biz albatta chempion bo‘lamiz.
Men “Barselona” La Liga chempionligi uchun kurashda favorit ekaniga aminman, - dedi Joan Laporta.
Ta’kidlash joizki, musobaqa jadvalida kataloniyaliklar “Jirona” va “Real”dan keyin uchinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar