
Laporta: "Barselona" tovon pulini to‘lashga tayyor"
Joan Laporta "Barselona" Niko Uilyams uchun tovon pulini to‘lashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
- Har kim o‘ziga ma’qul ishni qilsin. Biz o‘z ishimiz bilan mashg‘ullanamiz, transfer bozoridagi imkoniyatlardan foydalanamiz, sport direktori va bosh murabbiy maslahatlariga amal qilamiz.
Boshqa qo‘shimcha qiladigan gapim yo‘q. "Atletik" o‘zi istagan yo‘ldan borsin. Biz ularning harakatlarini hurmat qilamiz va umid qilamanki, ular ham biznikini hurmat qilishadi.
Agar tovon pulini to‘lash imkoniyati tug‘ilsa, "Barselona" zarur bo‘lgan barcha harakatlarni amalga oshirishga tayyor, - dedi Kataloniya klubi prezidenti.
Ma’lumot uchun, avvalroq "Atletik" rahbariyati La Liga va Ispaniya qirollik futbol federatsiyasini "Barselona"ning barcha moliyaviy operatsiyalarini tekshirishni talab qilib ogohlantirgan edi.
Fikrlar