
Laporta jamoaga moslasha olmagan futbolchini sotmoqchi emas
"Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta yarim himoyachi Frank Kessi transferi bo‘yicha takliflarni qabul qilmaydi.
Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Milan" sobiq futbolchisi jamoaga moslashishdagi qiyinchiliklar tufayli yanvar oyidayoq Italiyaga qaytishi mumkinligi taxmin qilinyotgandi. Ammo Laporta buni butunlay rad etdi: "Yo‘q, biz qishda Kessini sotmoqchi emasmiz. U biz uchun muhim o‘yinchi bo‘la olishiga ishonamiz", - dedi kataloniyaliklar prezidenti.
Oldinroq klub sport direktori Yordi Kroyff 26 yoshli kot-d'Ivuarlik futbolchini sotmasligi haqida aytgandi. Futbolchining agenti ham mijozining ketish niyati yo‘qligini ma’lum qilgandi.
Fikrlar