Laporta: "Lamin Yamal o‘z pozitsiyasida dunyodagi eng yaxshisi"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Lamin Yamal bilan shartnoma imzolanishi haqida shunday dedi:
"Rostini aytsam, Yamal bilan shartnoma ta’tilga chiqishdan oldin imzolanganidan so‘ng engil nafas olmadim. Chunki unga ilgari ham juda daromadli takliflar bo‘lgan. Ammo biz uni sotish niyatida emasdik. U — "Barsa" futbolchisi, La Masiya tarbiyalanuvchisi. Klub ruhini his qiluvchi, g‘ayritabiiy iste’dodga ega o‘ziga xos shaxs.
Uning xarakteri juda kuchli. Kiyinish xonasida o‘ziga xos muhit yaratadi, etakchilik qobiliyati bor. U "Barsa"da baxtiyor. Yashashga ulgurmasdan katta bo‘ldi — hozir u 18 yosh. Biz unga tushunish bilan yondashishimiz kerak.

Uning agentlari, oilasi va klub o‘rtasida to‘liq kelishuv mavjud. Hozirgi paytda, menimcha, u o‘z pozitsiyasida dunyodagi eng kuchli futbolchi. Shu sabab boshqa klublar uning ortidan tushayotgani — tabiiy holat. Ammo u bu erda o‘sgan, "Barsa"ni juda yaxshi his qiladi. Shunday futbolchiga ega bo‘lganimizdan xursandmiz" - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi kataloniyaliklar rahbari.
Fikrlar