Laporta Levandovski transferi haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi

  • 25.05.2022 15:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta jurnalistlar bilan suhbatda polshalik hujumchi Robert Levandovskining "ko‘k-anorranglilar" safiga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Robert — fantastik futbolchi. Uning Myunxen klubi bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Shuning uchun ham bu transfer haqida hech narsa deya olmayman. Ha, biz hozir muzokara olib bormoqdamiz. Ammo buning barchasi “Bavariya” rahbariyatiga va Levandovskining so‘nggi qaroriga bog‘liq”, — deya fikr bildiradi Laporta.

Eslatib o‘tamiz, matbuotda 33 yoshli polshalik futbolchi yozgi transfer oynasida Kataloniya jamoasiga o‘tishni xohlayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!