Asosiy mazmunga oʻtish

Laporta "Oltin to‘p" sovrini bo‘yicha bayonot berdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kataloniyaliklar Lamin Yamalga ishonkan edi

«Barselona» prezidenti Joan Laporta «Oltin toʻp» sovrini sohiblari eʼlon qilinganidan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.

Bu yilning eng yaxshi futbolchisi deb «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn topildi. «Barselona»ning yosh vingeri Lamin Yamal esa uchinchi oʻrinni egalladi. U «Real» yulduzi Kilian Mbappedan ham ortda qoldi.

«Lamin oʻzini «Oltin toʻp»ga munosib darajada koʻrsatdi, lekin afsuski, sovrin unga nasib qilmadi», – deya Laportaning soʻzlarini keltiradi BarcaTimes. 

Klub prezidenti soʻnggi oylarda kataloniyaliklar tarkibida porlayotgan 19 yoshli futbolchining nomzodini faol targʻib qilib kelayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Lamin Yamal soʻrovnoma natijalariga koʻra ikkinchi oʻrinni egallagan, undan faqat PSJ hujumchisi Usmon Dembele ustun kelgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q