Asosiy mazmunga oʻtish

Laporta Yamalning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritmaganiga munosabat berdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Laporta Lamin Yamal bu yil «Oltin to‘p»ga munosib bo‘lganini, ammo sovrin Harri Keynga berilib, Yamal uchinchi o‘rinda qolganini aytdi.

«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoa vingeri Lamin Yamalning bu yil ham «Oltin to‘p»ni qo‘lga kirita olmagani haqida fikr bildirdi. Futbolchi ovoz berish natijalariga ko‘ra uchinchi o‘rinni egalladi.

«Lamin «Oltin to‘p» sohibi bo‘lishga loyiq ekanini yetarlicha isbotladi, ammo bu safar bunday bo‘lmadi. Endi biz Laminni mehr va qo‘llab-quvvatlash bilan qurshab olishimiz kerak, chunki u bunga munosib. U kelasi yili sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin», — dedi Laporta.

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi «Oltin to‘p» sovrini «Bavariya» hujumchisi Harri Keynga nasib etdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q