Larsson Shvetsiya terma jamoasidan ketdi
Shvetsiyalik hujumchi Sebastyan Larsson terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi.
"Mas’uliyatni keyingi avlod zimmasiga yuklaydigan vaqt keldi. Men shved futbolining kelajagi porloq ekaniga ishonaman. Men sizlarni yoningizda turib qo‘llab-quvvatlayman”, - deb yozdi 36 yoshli futbolchi o‘zining instagramdagi sahifasida.
Larsson Shvetsiya terma jamoasida 2008 yildan buyon harakat qilib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 133 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 22 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
U 2018 yildan buyon Shvetsiyaning AIK klubi sharafini himoya qilmoqda. Larsson faoliyati davomida “Arsenal”, “Birmingem”, “Sanderlend” va “Xall Siti” kabi klublarda o‘ynagan.
Fikrlar