"Latsio" himoyachisi Romanoli "Torino"ga qarshi o‘yinda burnini sindirib olgan!

  • 29 sentabr, 2023, 14:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kecha A Seriya 6-turi doirasida "Latsio" o‘z uyida "Torino" bilan kuch sinashdi. Ushbu o‘yinda rimliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. 

Ahamiyatlisi, o‘sha bellashuvda "burgutlar" himoyachisi Alessio Romanoli burnini sindirib olgani ma’lum bo‘ldi. 28 yoshli futbolchiga uchrashuvdan so‘ng burun sinishi tashxisi qo‘yilgan. Alessio allaqachon davolanishni boshlab yuborgan va u har kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerakligi aytib o‘tilgan.

Ma’lumot o‘rnida, "Latsio" navbatdagi o‘yinini ertaga safarda Romanolining sobiq jamoasi "Milan"ga qarshi o‘tkazadi. Hozirda Mauritsio Sarri shogirdlari A Seriyada 7 ochko bilan 12-pog‘onani band etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!