"Latsio" Turkiyadan zo‘r hujumchi sotib oldi

  • 6 sentabr, 2020, 12:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fenerbaxche" forvardi Vedat Murichi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi "Latsio" bilan shartnoma imzolaydi. Uning transferi uchun esa rimliklar 18 mln evro to‘laydi. Ertaga 7 sentyabr kuni Vedat yangi jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Murichi o‘tgan mavsum “Fenerbaxche” safida jami 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!