"Latsio"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan "Milan" EChL zonasini tark etdi
Italiya A Seriyasining 33-turi doirasidagi "Latsio" - "Milan" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda mezbonlar 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Xuakin Korreaning dubli rimliklarga o‘yin davomida ishonch berib turdi va yakunda Chiro Immobile super zarbasi bilan Donnarumma darvozasini ishg‘ol qildi va uchrashuvga mantiqiy nuqtani qo‘ydi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng, "rossonerilar" hisobidagi ochkolar 66 taligicha qoldi va to‘plar nisbati evaziga "Atalanta", "Yuventus"dan ortda bormoqda. "Burgutlar" esa 61 ochko bilan "Milan"ning ortidan ta’qib etib kelmoqda.
Fikrlar