Lautarodan endi "Inter"da ham yorqin o‘yinlar kutiladi

  • 21.12.2022 11:44
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi bosh direktori Juzeppe Marotta Argentina terma jamoasining jahon chempionatidagi g‘alabasi haqida gapirdi.

Marotta Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida jahon chempioni bo‘lgan Lautaro Martinesdan juda xursand ekanligini aytdi. Funktsioner bu har qanday futbolchining faoliyatida muhim voqea bo‘lishini qayd etdi.

"Biz Qatardagi muvaffaqiyat Lautaroga qo‘shimcha kuch bag‘ishlashiga umid qilyapmiz. "Inter"dagi o‘yinlarda endi u eng yaxshi fazilatlarini ko‘rsatadi, deb o‘ylayman" - dedi Marotta.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi jahon chempionati finalida penaltilar seriyasida frantsuzlarni mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!