Leau yana bir necha o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 27.08.2025 18:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Milan" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Rafael Leau jarohati sabab, yana bir uchrashuvda jamoaga yordam bera olmaydi.

U kubok doirasidan o‘rin olgan "Bari"ga qarshi o‘yinda (2:0) gol urganidan so‘ng 17-daqiqada oyog‘ining mushagidagi muammolar sabab maydonni tark etgan edi.

Shu sababli, futbolchi A Seriyaning 1-turida "Kremoneze"ga qarshi bahsni (1:2) ham o‘tkazib yubordi. Endi esa u 29 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan "Lechche"ga qarshi safar o‘yini uchun ham ro‘yxatdan chiqarilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Leau milliy jamoalar o‘yinlari sababli beriladigan tanaffusdan so‘ng safga qaytishi kutilmoqda. U A Seriyaning 3-turida, 14 sentyabr kuni "Bolonya"ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!