Lebron Jeyms Klivlendga raqib bo‘lib qaytdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun okean ortida Milliy basketbol assotsiatsiyasining muntazam chempionatidan o‘rin olgan navbatdagi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu kunda bir-biridan qiziqarli qator uchrashuvlar o‘tkazilgani muxlislarga juda ham manzul keldi. 

Ulardan birida kuchli jamoalardan "Klivlend Kavalers" va "Los-Anjeles Leykerz" o‘zaro bahs olib borishdi. Qiziqarli kechgan qarama-qarshilik bir necha mavsum Klivlend jamoasi safida yorqin mavsum o‘tkazgan Lebron Jeymsning sobiq jamoasiga qarshi bahs olib borgani bo‘ldi. Uchrashuv mehmonlarning 109:105 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, "Leykerz" safida aynan Jeyms 32 ochko to‘plab, jamoasining g‘alabasiga katta xissa qo‘shdi. Shu va boshqa bir qator qiziqarli uchrashuvlar tafsiloti: 

"Klivlend" – "Leykers" 105:109 (28:24, 24:25, 29:32, 24:28)

"Chikago" – "Finiks" 124:116 (25:28, 39:41, 30:24, 30:23)

"Xyuston" – "Detroyt" 126:124 (31:29, 25:28, 37:26, 33:41)

"Miluoki" – "Portlend" 143:100 (31:20, 41:30, 37:29, 34:21)
 
"San-Antonio" – "Memfis" 103:104 (32:30, 27:31, 18:20, 26:23)
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!