Legionerimiz bugun Superkubok yutishi mumkin

Bugun legionerimiz Shahboz Umarov harakat qilayotgan BATE jamoasi Belarus Superkubogida "Shaxtyor" Soligorskka qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00da start oladi. Shahbaoz bugungi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda. Avvalroq, murabbiy bilan kelisha olmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, "Shaxtyor" Belarus chempionatining amaldagi chempioni hisoblanadi. BATE esa kubok sohibi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Shukurov
05/03/2022 11:27
Мураббий билан келиша олмаяптику,кандай уйинга тушиши мумкин.