
Legionerimiz oyning eng yaxshi futbolchisi!
Tojikiston chempionatida “Esxata” jamoasi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Akobir To‘raev uchun iyun oyi omadli kechdi. Boisi, o‘zbekistonlik hujumchi o‘z hisobiga uchta gol yozib qo‘yishga erishdi.
Joriy mavsumda To‘raevning gollari soni 8 tani tashkil qilgan holda u to‘purarlar poygasida qatnashyapti. Natijada Tojikiston futbol ligasi tomonidan Akobir To‘raev iyun oyining eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etildi. Shuningdek, “Istiqlol” klubi ustozi Vitaliy Levchenko oyning eng yaxshi murabbiyi, bo‘ldi.
Qizig‘i, 4 iyul kuni Levchenko boshchiligidagi “Istiqlol” jamoasi aynan Akobir To‘raev to‘p tepayotgan “Esxata” bilan kuch sinashadi. Ayni paytda legionerimizning klubi musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar