
Legionerimiz rekordda ishtirok etdi!
Belarus oliy ligasining uchinchi turidan o‘rin olgan “Shaxtyor” va “Isloch” o‘rtasidagi uchrashuvida jami 13 nafar xorijlik futbolchi maydonga tushirildi. Bu ko‘rsatkich joriy mavsumning rekordi sifatida qayd etildi.
Shu kuni soligorskliklar safida etti, “Isloch” tarkibida olti nafar chet ellik o‘yinchi ishtirok etdi.
Biz uchun ahamiyatli jihati shundaki, mazkur bahsda qatnashgan legionerlar orasida Shahzod Ubaydullaev ham bor. Hujumchimiz uchrashuvning 74-daqiqasida gambiyalik Debbo Darbonining o‘rniga maydonga tushdi.
“Shaxtyor” joriy chempionatda uchta uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilgan yagona jamoa sifatida birinchi o‘rinda bormoqda.
Yana bir hamyurtimiz – Shahboz Umarov o‘ynayotgan BATE ikki g‘alaba va bir durang bilan kuchli uchlikdan joy olgan. Shahboz esa uchta gol bilan to‘purarlar poygasida etakchilar qatorida qayd etilgan.
Fikrlar