
Legionerimiz Rossiyaga qarshi o‘yinga munosabat bildirdi
Rossiya premer-ligasida “Torpedo” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Hojimat Erkinov O‘zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari o‘rtasida bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuviga munosabat bildirdi.
Ikki terma jamoaning o‘rtoqlik o‘yini 20 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
- Rossiya terma jamoasining kelishi futbol muxlislarini stadionga jalb qila oladi, deb o‘ylayman, - dedi Hojimat Erkinov.
Hujumkor futbolchining o‘zi Srechko Katanets tomonidan o‘rtoqlik o‘yiniga chaqirtirigan.
Hojimat Erkinov O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarda bo‘ladigan jahon chempionati ishtirokchilari – Kamerun va Kosta-Rika bilan bo‘lgan uchrashuvlardan keyin yaxshi sport formasida ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, legionerimiz Rossiya terma jamoasining ham kuchli ekanini e’tirof etgan.
Bundan tashqari, Moskva shahri klubida to‘p tepayotgan futbolchimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yinlariga doimo ko‘p muxlis kelishi, raqib kuchli terma jamoa bo‘lganda tomoshabinlar soni yanada oshishini ham ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilgari Rossiya futbolchilari bilan kuch sinashmagan.
Hojimat Erkinovning o‘zi “Paxtakor” futbol akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Superligada “Qo‘qon-1912” va AGMK jamoalari sharafini ham himoya qilgan.
Futbolchilik faoliyati davomida “Paxtakor” safida ikki marotaba mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston kubogi va ikki marotaba mamlakat Superkubogi g‘olibi bo‘lgan.
“Paxtakor”da jami beshta sovrinni qo‘lgan kiritgan 21 yoshli futbolchimiz sermazmun o‘yinlari tufayli Rossiya premer-ligasi jamoasidan taklif oldi. Joriy yilning 8 iyulida “Torpedo” jamoasi bilan uch yillik bitimga imzo chekdi.
Hojimat Erkinov legioner sifatidagi debyut mavsumidayoq Moskva klubining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. Rossiya premer-ligasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli pas uzatdi. Rossiya kubogida ikkita uchrashuv o‘tkazdi.
Erkinov klublar miqyosida jami 94 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qilgan.
Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchimiz 2020 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasiga muntazam jalb etilmoqda.
Hojimat hozircha to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushib, yaqinda Kamerunga qarshi o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik bellashuvida terma jamoadagi debyut golini kiritdi. Shuningdek, uning hisobida ikkita golli pas ham bor.
Legionerimizning goli rekord o‘rnatdi, medalni naqd qildi va chempionlik imkoniyatini saqlab qoldi!
Mourino Abraxamdan Shomurodovning ishini takrorlashni talab qildi!
Legioner hujumchimizning kelajagi mavhum bo‘lib qoldi!
Fikrlar