
Legionerimiz. Shukurov to‘liq o‘ynagan bahsda "Sharja" autsayder maydonida ochko yo‘qotdi
Birlashgan Arab Amirliklar chempionatining 8-turidan o‘rin olgan "Al-Uroba" va "Sharja" jamoalari ishtirokidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda klublar 2:2 hisobida jangovar durangga imzo chekishdi.
Sharjaliklar safida harakat qilayotgan legionerimiz Otabek Shukurov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushib, to‘liq o‘ynadi. Aynan hamyurtimiz boshlagan humujdan so‘ng jamoadoshlari uchrashuvdagi birinchi golni urishga erishdi. 54-daqiqada yarim himoyachimiz hakam tomonidan ogohlantirildi.
Ma’lumot uchun, "Sharja" ayni damda turnir jadvalida 13 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. 18-o‘rindagi "Al-Uroba" ochkolar sonini 4taga etkazib oldi.
Fikrlar