Legionerimiz “Siti” darvozasiga gol urdi!

  • 15 fevral, 2021, 23:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yangi mavsumga Birlashgan Arab Amirliklarida tayyorgarlik ko‘rayotgan Belarus chempioni – Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida mezbonlarning “Siti Dubay” klubi futbolchilari bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv “Shaxtyor”ning 7:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollardan biriga Shahzod Ubaydullaev mualliflik qildi.

“Shaxtyor” Soligorsk – “Siti Dubay” 7:0 (3:0)

Shaxtyor: Belov, Makarenko, Xadarkevich, Politevich (k), Begunov (Kunskiy, 73), Korzun, Zabelin, Ivanovich (Shindagoridze, 64), Sotnikov, Podstrelov (Litskevich, 46), Ubaydullaev (Debelko, 46).

Gollar:  1:0 — Zabelin (8). 2:0 — Begunov (25). 3:0 — Ubaydullaev (38). 4:0 — Ivanovich (45). 5:0 — Sotnikov (78). 6:0 — Debelko (80). 7:0 — Kunskiy (83).

Shahzod Ubaydullaev yangi jamoasining avvalgi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham to‘p kiritgan edi. Uning gollari “Shaxtyor”ga Armanistonning “Pyunik” klubidan 3:2, Rossiyaning “Rodina” jamoasidan 1:0 hisobida ustun kelishini ta’minlagan. Shuningdek, hujumchimiz  Birlashgan Arab Amirliklari vakili – “Liva” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining 4:0 hisobida ustun kelishiga ko‘maklashgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!