Legionerimizning goli jamoasiga muhim ochkoni keltirdi (video)

  • 09.05.2022 22:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Eron chempionati 26-turi doirasidagi "Zobaxan" - "Persepolis" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Dastlab, mezbonlar Said Bag‘irpasandning tezkor goli tufayli hisobni ochdi. Bunga Sherzod Temirov o‘z goli bilan javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, "Persepolis"ning chempionlik uchun kurashda biroz imkoniyatlari pastladi. Endi peshqadam bilan oradagi farq 4 tani tashkil etmoqda. Quyida legionerimiz urgan golni tomosha qiling.

280247117_3165411267057209_5920467838207171832_n

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!