
Legionerimizning goli jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi
Malayziyada faoliyat olib borayotgan legionerimiz Sanjar Shoahmedov yana o‘zini ko‘rsatishda davom etyapti.
U mamlakat Kubogida jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Ya’ni, Malayziya Kubogi 1/8 final doirasida “Terenganu” klubi “Petaling Jaya Siti” bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning 37-daqiqasida Sanjar Shoahmedov tomonidan kiritilgan yagona gol “Terenganu”ni keyingi bosqichga olib chiqdi. Hamyurtimiz ushbu bahsda to‘liq ishtirok etdi.
Fikrlar