Legionerlarimiz. Aliboev golga assistentlik qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hamyurtimiz Ikrom Aliboev faoliyat olib boradigan "Seul" klubi bu tur o‘z maydonida peshqadam "Chonbuk Motors"ni qabul qildi. Gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda mehmonlar 4:2 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Aliboev odatdagidek bahsni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. U Park Dong Jin tomonidan kiritilgan jamoasining dastlabki goliga assistentlik qilganligini qo‘shimcha qilish joiz.

Shu tariqa, poytaxtliklar hisobidagi ochkolar soni 42 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalidagi 3-o‘rinni saqlab qoldi.

K Liga. 22-tur

"Seul" - "Chonbuk Motors" 2:4.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!