
Legionerlarimiz. Aliboevning jamoasi autsayder bilan o‘yinda ochko yo‘qotdi
Hamyurtimiz Ikrom Aliboev faoliyat olib boradigan "Seul" klubi bu tur safarda "Jeju Yunayted" klubiga qarshi bahs olib bordi. "Jeju Vorld Kap" stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1.
Aliboev bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa davomida maydondagi faol harakatlari bilan ajralib turdi. Yurtdoshimiz o‘yinning 39-daqiqasida hakam tomonidan ogohlantirildi. Shu tariqa, "Seul" hisobidagi ochkolar soni 47 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. "Jeju" hisobidagi ochkolar esa 19 ta bo‘lib, jamoa ligadagi 12 klub orasida 11-pog‘onani egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Aliboev Ektor Kuper tomonidan O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2022 saralash bosqichi doirasida Falastinga qarshi kechadigan bahs uchun terma jamoaga jalb etilgan. Rejaga ko‘ra, "oq bo‘rilar" 28 avgustdan mashg‘ulotlarga kirishishadi.
Fikrlar