
Legionerlarimiz. Bugun O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a’zosi o‘ynaydi
Bugun O‘zbekiston terma jamoasining bir qator futbolchilari o‘z klublari safida o‘yin o‘tkazishadi.
Bugun Italiya A Seriyasi 29-tur o‘yinlari start oladi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Kalyari" bu turda "Montsa" maydoniga safar qiladi. Shomurodov qaydnomada bor va katta ehtimol bilan asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 19:00da start oladi.
Frantsiya chempionatining 26-turida "Lans" o‘z uyida "Nitstsa"ni qabul qiladi. Uchrashuv tungi soat 01:00da start oladi. "Lans" ayni damda 42 ochko jamg‘argan holda 5-pog‘onada ketmoqda.
Bugun Turkiya Superligasi ham davom ettiriladi. Chempionatning 30-turida Azizbek Turg‘unboev harakat qilayotgan "Sivasspor" "Adana Demirspor" maydoniga safar qiladi. Bellashuv 22:30da start oladi.
Ma’lumot uchun, 29-turdan so‘ng "Sivasspor" 38 ochko jamg‘arib, 9-o‘rinda bormoqda.
Bundan tashqari, Otabek Shukurov sharafini himoya qilayotgan "Kayserispor" "Alanyaspor" mehmoni bo‘ladi. O‘yin 15:30da start oladi.
"Kayserispor" ayni damda 36 ochko bilan 13-o‘rinni band qilib turibdi.
Fikrlar