
Legionerlarimiz. Bugun O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a’zosi o‘ynaydi
Bugun xorijda to‘p tepayotgan 4 nafar O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari jamoasi o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi.
Gretsiya Superligasi 12-turi muxlislar PAOK - "Panserraykos" o‘yiniga guvoh bo‘ladi. Bellashuv starti 22:30da. Legionerimiz Jaloliddin Masharipov jamoasi "Panserraykos" ayni damda 13 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.
RPLning 16-turida Abbosbek Fayzullaev harakat qilayotgan TsSKA o‘z uyida "Dinamo"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:30da start oladi. Terma jamoadan qaytgach, Fayzullaev moskvaliklar safida faol mashg‘ulot o‘tkazmoqda va bugun asosiy tarkibda tushishi kutilmoqda.
Liga1ning 13-turida Abduqodir Husanov jamoasi "Lans" safarda "Klermon"ga qarshi o‘ynaydi. o‘yin vaqti 21:00da. O‘zbekiston terma jamoasida o‘zini yaxshi ko‘rsata olgan vakilimiz bugun asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.
Bugun Tailan chempionati 11-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Eronga qarshi uchrashuvda qahramonga aylangan Igor Sergeev jamoasi "Patum Yunayted" safarda "Chonburi" bilan o‘ynaydi. O‘yin 15:00da boshlanishi rejalashtirilgan. Jamoasining asosiy futbolchisiga aylangan Sergeev asosiy tarkibda tushishi kutilmoqda.
Fikrlar