"Legiya" muxlislari Yaxshiboevning debyutini kutmayapti

  • 26 fevral, 2021, 18:31
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Polshaning eng sovrindor jamoalaridan biri bo‘lgan "Legiya" jamoasi qishki transfer oynasi vaqtida tarkibni kuchaytirish uchun bir qator yangi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi. Albaniyalik 19 yoshli hujumchi Ernest Muchi, 22 yoshli ukrainalik yarim himoyachi Nazariy Rusin va o‘zbekistonlik Jasur Yaxshiboev shular jumlasidan.

E’tiborlisi, yuqorida tilga olingan uchala futbolchi hali yangi jamoasi safida debyut o‘yinini o‘tkazib ulgurgani yo‘q. Klub matbuot xizmati "Twitter"dagi sahifasi orqali muxlislar qaysi futbolchining debyutini kutayotganlagi haqida so‘rovnoma o‘tkazdi. Bir yarim mingga yaqin muxlislar ishtirok etgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 79,5 foiz ovoz beruvchilar Muchining, 16,3 % ishtirokchi esa Yaxshiboevning debyutini kutayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Legiya voting

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Genoa
27/02/2021 16:32
Hali Yaxshiboyev Legiya muxlislariga o'zini ko'rsatib, hamma muhlisni o'ziniki qiladi biz senga ishonamiz olg'a Jasuuur