Lempard Angliya terma jamoasini boshqarishi mumkin

  • 30.03.2021 15:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliya futbol assotsiatsiyasi mamlakat yoshlar terma jamoasiga yangi murabbiy qidirmoqda. Jamoaning amaldagi ustozi Endi Botroyd esa “Evro-2021” (U-21) dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng iste’foga chiqarilishi kutilmoqda.

Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, Angliya yoshlar terma jamoasini boshqarishi mumkin bo‘lgan mutaxassislar orasida Frenk Lempardning nomzodi ham bor.

Eslatib o‘tamiz, 42 yoshli mutaxassis 25 yanvarda “Chelsi”dan iste’foga chiqarilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!