Lempard yangi futbolchi oladigan bo‘ldi

  • 25.11.2020 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard himoya markazini mustahkamlashga harakat qilmoqda. U yozgi transferlar mavsumida “Malme” himoyachisi Anel Axmadxojichni taklif qilishni mo‘ljallayapti.

21 yoshli baland bo‘yli himoyachi yosh bo‘lishiga qaramay, Bosniya va Gertsegovina terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylanmoqda. Shuningdek, Shvetsiya chempionatida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z vazifalarini mukammal uddalashdan tashqari, ikkita gol urishga ham erishdi.

Anelni olish “Chelsi”ga oson bo‘lmaydi. Chunki iste’dodli futbolchi qit’aning katta klublari nishonida turibdi.

Rahbarlarga qarshi bosh ko‘targan “Latsio” etakchisi uchta klubdan taklif oldi

Grizmann: O‘ynolmaganimdan keyin tanqidlarga chidashga majburman

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!