Lempardning g‘alaba bilmas "Chelsi"sidan super muvaffaqiyatsizlik
"Chelsi" 1993 yildan buyon ilk marotaba ketma-ket 4 uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi.
Frenk Lempard jamoasi "Real"ga qarshi javob bahsida 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Avvalroq, ular "Brayton" (1:2), "Vulverxempton" (0:1) hamda "Real"ga qarshi ilk bellashuvda ham (0:2) mag‘lubiyatga uchragandi.
"Aristokratlar" so‘nggi bora 30 yil avval bunday qoniqarsiz ko‘rsatkich qayd etgan. Ushbu omadsiz seriya Frenk Lempard qo‘l ostida sodir bo‘ldi.
Fikrlar