Leron Myorfi: "Volkanovskining harkatlarida bo‘shliq ko‘p"

  • 03.09.2025 12:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Britaniyalik aralash yakkakurash ustasi Leron Myorfi avstraliyalik UFC chempioni Aleksandr Volkanovski bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.

"Men texnik jangchiman. Turli yigitlarning bahslarini doimiy kuzatib boraman. Volkanovskining janglarini ham ko‘rdim, o‘ylashimcha, uning harkatlarida bo‘shliq ko‘p. Menimcha, men bundan foydalana olaman", — dedi Leron Maykl Bispingning podkastida.

Ma’lumot uchun, Myorfi hozirgi kunga qadar MMA da 18 ta jang o‘tkazib, ulardan 17 tasida g‘alaba qozongan (8 tasi nokaut bilan). Yana bir jangi durang bilan yakunlangan. Aleksandr Volkanovski esa MMA da 27 ta g‘alaba (13 tasi nokaut) va 4 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!