"Lester" futbolchisi terma jamoasini o‘zgartirdi

  • 11.02.2022 15:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Lester" vingeri Ademola Lukman Nigeriya terma jamoasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.

The Athletic xabariga ko‘ra, FIFA 24 yoshli futbolchiga futbol fuqaroligini o‘zgartirishga ruxsat bergan.

Aytish kerakki, Lukman ilgari Angliyaning o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarini himoya qilgan.

Ma’lumot uchun, Lukman Londonda tug‘ilgan, ota-onasi esa nigeriyalik. Futbolchining transfer huquqi "RB Leyptsig"ga tegishli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!