"Lester" o‘zining transfer rekordini yangilashi mumkin
Angliyaning "Lester" klubi "Monako" yarim himoyachisi Yuri Tilemansni sotib olmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, u joriy mavsumni “tulkilar” safid ijara asosida o‘tkazmoqda.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra APL klubi 21 yoshli belgiyalik futbolchini to‘liq sotib olmoqchi va buning uchun monakoliklarga 46 mln evro taklif qilmoqchi. Agar ushbu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, “Lester” o‘zining transfer rekordini yangilaydi va Tilemans klub tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanadi.
Ma’lumot uchun, “Lester” tarixidagi eng qimmat futbolchi hozircha Islam Slimani hisoblanadi. “Tulkilar” uni 2016 yil “Sporting”dan 33,5 million evro evaziga sotib olishgan edi.
Fikrlar