Levandovski “Barselona”dagi kelajagi bo‘yicha qarorini aytdi

  • 09.03.2026 05:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona”ning 37 yoshli hujumchisi Robert Levandovski joriy mavsum oxirida klub bilan shartnomasi yakunlanishini fonida o‘z kelajagi haqida fikr bildirdi.

- Kelajakda nima qilishimni hal qilish uchun o‘zimga taxminan uch oy vaqt beraman. “Barselona” bizga kerakli barcha sharoitlarni beradi va mening oilam ham, men ham bu yerda o‘zimizni juda qulay his qilamiz, - dedi Levandovski Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Polshalik hujumchi ushbu mavsumda u 32 ta o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol urdi va bitta golli uzatma berdi.

“Barselona” katta maosh olayotgan to‘purarga munosib o‘rinbosar qidirmoqda. Levandovski Kataloniyada qolish uchun esa, maoshining katta qismidan voz kechib, yangi shartnoma imzolashga tayyorligini bildirgan.

Biroq tomonlar hali hal qiluvchi muzokaralarga kirishgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!