Levandovski bugun yangi shartnomaga imzo chekadi
"Bavariya" forvardi Robert Levandovski bugun "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytiradi.
Ma’lum bo‘lishicha, yangi shartnomaga ko‘ra, polshalik futbolchi 2023 yilgacha jamoada to‘p suradi.
Myunxen klubining Germaniya Superkubogida "Borussiya" (0:2)ga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, xujumchi nemis klubining transfer siyosatidan norozi bo‘layotgan edi. Ammo "Bavariya" "Barselona"dan Filippe Koutinoni ijaraga olganidan keyin, u jamoa bilan shartnomasini uzaytirishga qaror qilgan.

Fikrlar