Levandovski Evropadan superklub tanlaydimi yoki Saudiyaга pul ishlagani ketadimi?
“Barselona”ning ketma-ket ikki mavsum chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shan hujumchi Robert Levandovski kelasi mavsum oldidan o‘ziga mos jamoa tanlashiga to‘g‘ri keladi.
Fichajes nashri ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda polshalik hujumchini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vog‘ar Italiya ning “Milan” klubi bo‘lib qolmoqda. A Seriya klubi 37 yoshli futbolchining atrofidagilar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda va uni Evropada faoliyatini davom ettirishga ko‘ndirishga urinmoqda.
Shu bilan birga, Levandovskiga Saudiya Arabistoni klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Saudiyaliklar mashhur to‘purarga faoliyatidagi eng yirik shartnomalardan birini taklif qilishga tayyor ekani aytilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Levandovski hali yakuniy qaror qabul qilmagan. Polyak hujumchisi yuqori darajadagi Evropa futbolida qolish yoki Yaqin Sharqqa moliyaviy jihatdan manfaatli ko‘chib o‘tish o‘rtasida tanlov qilmoqda.

Fikrlar