Levandovski faoliyatidagi eng zo‘r murabbiy kimligini aytdi

  • 4 avgust, 2020, 15:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi forvardi Robert Levandovski faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy kim ekanini aytdi.

“Bu Yurgen Klopp, deb o‘ylayman. Uning ikki timsoli bor. Futbolchilarga xuddi ota kabi mehribon. Ikkinchi tomoni – murabbiylik. U sizga hamma narsani, shu jumladan unchalik yaxshi bo‘lmagan narsalarni ham aytib berishi mumkin. Klopp yomon narsalar haqida gapirishni ham biladi. U futbolchilarni juda ko‘p ishlatadi. Yurgen bilan faqatgina Pep Gvardiolani tenglashtirish mumkin. Yuz foiz”, - deydi polshalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Levandovski Klopp qo‘l ostida 2010-2014 yillarda “Borussiya” Dortmundda, Gvardiola qo‘l ostida esa 2014-2016 yillarda “Bavariya”da to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!