Levandovski: Messi va Ronaldu davrida sovrin yutish yoqimli

"Bavariya" hujumchisi 2020 yilning The Best sovrinini qo‘lga kiritganidan keyin, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Men murabbiylar shtabiga va butun jamoamga minnatdorlik bildiraman. Messi va Ronaldu davrida ushbu sovrinni yutish juda yoqimli. Men baxtliman. Bugun men va jamoadoshlarim uchun o‘zgacha kun bo‘ldi. Aqlbovar qilmas tuyg‘ularni his etyapman.

Bu yil barcha sovrinlarni yutdik. Ayniqsa, Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lganimizni alohida ta’kidlash kerak. Ushbu turnirda zafar quchish menga har doim orzularga ishonishingiz kerakligini va buning uchun sizga mukofot berilishini ko‘rsatadi," - dedi Levandovski.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!