Levandovski nega 100 million evrolik maoshni rad etdi

  • 29.07.2026 10:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mashhur hujumchi Robert Levandovskining agenti Pini Zahavi futbolchiga Saudiya Arabistonidan juda manfaatli taklif bo‘lganini tasdiqladi. 

— Ha, bu rost. Robert Saudiya Arabistonida o‘ynashni istagan edi, — deydi Zahavi SportoweFakty nashriga bergan intervyusida. — Avvalo, qulaylikni o‘yladi: Ar-Riyod bilan Varshava orasidagi vaqt farqi katta emas. Bu AQShga qaraganda ham yaqinroq. Va, albatta, u yerda katta pul kutayotganini bilardik: 2026 yil yanvar oyida Robertga yiliga 100 million yevro maoshli, ikki yillik shartnoma taklif qilishdi. Taklif stol ustida turgandi!

— Levandovski nega bu taklifni qabul qilmadi?

— Chunki u «Barselona» safida o‘ynashni xohlagan, — deya javob berdi Zahavi.

— Hozir shunga o‘xshash taklifni qayta olish mumkinmi?

— Yo‘q, chunki saudiyaliklar pul sarflash borasidagi yondashuvini o‘zgartirib bo‘ldi, — dedi agent.

Eslatib o‘tamiz, joriy yozda Robert Levandovski MLS ligasi klubi «Chikago Fayr» tarkibiga qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!