Levandovski nega Yevropa emas, aynan MLSni tanlaganini tushuntirdi
«Chikago Fayr» yangi futbolchisi Robert Levandovski nega Yevropa klublaridan birini emas, aynan MLSni tanlagani haqida gapirdi.
- Nega Yevropadan ketishga qaror qildim? O‘zimni «Barselona»dan boshqa biror Yevropa jamoasi safida tasavvur qila olmadim, – dedi Levandovski matbuot anjumanida.
Polshalik hujumchi «Chikago Fayr» klubiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. U Amerika jamoasi bilan 2028 yil 30 iyunga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Levandovski 2022–2026 yillar davomida «Barselona» sharafini himoya qilgan. U shu vaqt ichida kataloniyaliklar tarkibida barcha musobaqalarda jami 193 ta o‘yin o‘tkazib, 120 ta gol urgan va 24 ta golli pas bergan.

Fikrlar