Levandovski: "Real" ustidan qozonilgan har bir g'alaba - katta voqealik"
"Barselona"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski Ispaniya Superkubogi doirasidagi "Real"ga qarshi o'yin yakunlari bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Jamoalar Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi "King Abdullah Sports City" stadionida o'ynashdi. Uchrashuv bosh hakami sifatida Xose Munuera Montero ishladi. 3:2 hisobidagi g'alabani ko'k-anorranglilar nishonladi.
"Real" ustidan qozonilgan har bir g'alaba - katta voqea. Ular deyarli har doim past blokda o'ynashdi. To'pni bir qanotdan ikkinchi qanotga olib o'tishda sabrli bo'lishimiz kerak edi.
Eng muhimi, bizda yana bir sovrin", - deya Robertning so'zlarini keltiradi Madrid Universal X ijtimoiy tarmog'ida.
Fikrlar