Levandovski Ronaldu haqida nimalar dedi?

  • 04.02.2022 11:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Polsha terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Robert Levandovski portugaliyalik hamkasbi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Krishtianu mendan 3,5 yosh katta, lekin u baribir ko‘p gol urmoqda. U yozda "Manchester Yunayted"ga o‘tdi, u erda esa taktika boshqacha va bu har doim ham ish beravermaydi. Ular o‘z o‘yinlarini topishganida, u yana ko‘proq gol urishga erishadi.

Ronaldu yaxshi statistikaga, imkonsiz raqamlarga o‘rganib qolgan. Bugungi kunda bu juda yaxshi raqamlar. U endi bir yilda 60 ta gol urmasligi mumkin, ammo 30 yoki 40 ta gol baribir uradi”, - dedi Levandovski.

5 fevral kuni 37 yoshga to‘ladigan portugaliyalik futbolchi joriy mavsum “Yunayted” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!