Levandovski xudbin ekan!
“Bavariya” to‘purari Robert Levandovski klubni tark etmasa bo‘lmaydi. Polshalik hujumchi jamoaning boshqa vakillari bilan ham ziddiyatga borgani ma’lum bo‘ldi.
Xususan, o‘tgan mavsum davomida jamoaning hujumkor futbolchisi Leroy Sane Robertning xudbinligidan norozi ekani oshkor bo‘ldi.
Sport1.de saytining yozishicha, Sane jamoadoshi mashg‘ulotlar vaqtida ham, rasmiy uchrashuvlarda ham unga qulay vaziyatlarda ham to‘pni uzatmay, bir o‘zi o‘ynayotganidan xafa bo‘lgan. Bu holat, mavsumning ikkinyai yarmida ayniqsa kuchaygan.
Levandovski mavsum davomida bosh murabbiy Yulian Nagelsmann bilan ham ziddiyatga borgandi. U bosh murabbiy qo‘llayotgan taktika jamoani kuchsizlantirganini iddao qilgan.
Mavsum oxiriga kelib, Levandovski klub rahbariyati unga o‘zi istagan shartnomani taklif qilmagani uchun ketishga qaror qilganini aytdi.
Fikrlar