Levandovskiga "Bavariya"da o‘rinbosar kerak
«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski jamoadagi o‘yin yuklamasining og‘irligidan norozi bo‘lmoqda.
Futbolchi rahbariyatga kelasi mavsumda yana bir hujumchi sotib olish lozimligiga ishora qildi.
«Hozirgi kunda «Bavariya»da mening o‘rnimga tushishi mumkin bo‘lgan zaxira futbolchisi yo‘q. Butun mavsum davomida, har uch kundan bir 90 daqiqa to‘p surishni hech kim ko‘tarolmaydi», – dedi Levandovski Kicker nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda polshalik futbolchi Germaniya chempionatining 10 o‘yinida maydonga tushib, 10ta gol urgan.
Fikrlar