Levandovskining dubli "Bavariya"ni jahon chempionatining finaliga olib chiqdi (video)
Qatarda davom etayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim finalida Misrning “Al-Ahli” klubi amaldagi EChL g‘olibi hisoblangan “Bavariya”ga qarshi bahs olib bordi.
Ushbu o‘yin kutilganidek, myunxenliklarning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Robert Levandovski tomonidan kiritilgan gollar “Bavariya”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar