Levandovskining dubli ham Polshani mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi (video)

  • 23.06.2021 23:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Evropa chempionatining “E” guruh 3-turida Shvetsiya hamda Polsha terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Murosasiz va gollarga boy kechgan o‘yin 3:2 hisobida shvedlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni Shvetsiyaga g‘alaba keltirgan gollarga Emil Forsberg (2', 59') va Viktor Klasson (90') mualliflik qildi. Polsha terma jamoasi safida Robert Levandovski (61', 84') dubl muallifi bo‘ldi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!